service-page-img

Vakolatxonalarni akkreditatsiyadan o'tkazish

O'zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo-sotiq Vazirligida akkreditatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi hududida chet el bankining vakolatxonasini ochish O'zR Markaziy banki tomonidan o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Vakolatxona xodimlariga keladigan bo'lsak, ularni ham davlat reglamenti asosida akkreditatsiya qilish lozim bo'ladi.

Vakolatxonani akkreditatsiyadan o'tkazish murakkab jarayon hisoblanib, tegishli bilim va tajribasiz ko'plab xatolarga yo'l qo'yish mumkin, buning oqibatida esa vaqt yo'qotib zaruriy hujjatlarni topshirish muddatlarini o'tkazib yuborish mumkin.

Bilib qo'ygan yaxshi: O'zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya muddati 1 yil bo'lib, muddatini uzaytirish uchun bir oy avval murojaat qilinadi.

Arizangizni yuboring!
O'zbekiston Respublikasida vakolatxonani akkreditatsiyadan o'tkazish” xizmat turiga nimalar kiradi:
  1. Vakolatxonani akkreditatsiyadan o'tkazish bo'yicha konsultatsiya;
  2. Zarur hujjatlarni, shu jumladan, namunalarni tayyorlash;
  3. Vakolatxona to'g'risida nizom ishlab chiqish;
  4. Notariusda vakillik qilish;
  5. TIAISVga hujjatlar to'plamini topshirish;
  6. Muhr eskizini tasdiqlash;
  7. 48 bazaviy hisoblash miqdorida davlat bojini to'lashni hujjatlashtirishda ko’mak;
  8. Akkreditatsiya to'g'risida Guvoxnoma olish;
  9. Mijoz tanlagan bankda chet el yuridik shaxs vakolatxonasining hisob raqamini ochish;
  10. Soliq inspeksiyasida ro'yxatga qo'yish.

O'zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan o'tkazish uchun zarur hujjatlar ro'yxati

  • Yozma ariza (korxonaning rasmiy blankasida, vakolatli shaxsning imzosi va chet el korxonasining muhri bosilgan, davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan);
  • Chet el korxonasining o'z davlatida rasmiy ro'yxatdan o'tganligini tasdiqlovchi, tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat (savdo reestridan ko'chirma yoki kompaniyaning ijobiy holati to'g'risidagi sertifikat yoxud yangi tashkil etilgan korxonalar uchun davlat ro'yxtidan o'tganligi to'g'risidagi Guvoxnoma);
  • Vakolatxona rahbarining pasporti nusxasi va unga chet el korxonasi tomonidan berilgan ishonchnoma, barcha vakolatlar va pasport ma'lumotlari ko'rsatilgan bo'lishi kerak;
  • Chet el korxonasining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va uning muxri bosilgan Vakolatxona Nizomi;
  • Noturar joy egasi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsining o'ziga tegishli noturar joyni vakolatxonaga ijaraga berishga roziligi bildirilgan kafolat xati (ijara shartlari va muddati ko'rsatilgan holda).

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...