service-page-img

Ajratib chiqarish shaklidagi qayta tashkil etish

Yuridik shaxsni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish deganda huquqlar va majburiyatlarning ma'lum bir qismini o'tkazish orqali bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tashkil etish nazarda tutiladi. Shu bilan birga, qayta tashkil etilayotgan tashkilotga tegishli huquq va majburiyatlarining muayyan qismi uning o'zida ham saqlanib qoladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, MChJni qayta tashkil etishning bunday shaklida dastlab faqat bitta kompaniya ishtirok etadi, lekin buning natijasida bir nechta korxonalar tashkil etiladi, qonunchilikda ularning miqdori cheklanmagan. Shu bilan birga, dastlabki Jamiyat ham o'z faoliyatini tugatmaydi. Yangi tashkil etilgan jamiyatlarning huquqiy voris ekanligi taqsimlash balansi asosida tasdiqlanadi , huquq va majburiyatlarning muayyan qismi yangi jamiyatlarga o'tadi.

  • Bilib qo'ygan yaxshi: bir yoki bir nechta yuridik shaxs dastlabki yuridik shaxsdan ajratib chiqarilganda, huquq va majburiyatlarning muayyan qismi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar


 

"Qayta tashkil etish" xizmatiga nimalar kiradi:
  1. Konsultatsiya va barcha zarur hujjatlarni yig'ish va tayyorlash;
  2. Kreditorlarni xabardor qilish;
  3. Soliq inspeksiyasiga yangi o'zgartirishlar haqida ma'lumot taqdim etish;
  4. Ta'sischining notarial tasdiqlangan hujjatlari va barcha o'zgarishlar kiritilgan ta'sis hujjatlarini tegishli markazda tasdiqlatish hamda yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi guvoxnomasini qabul qilib olish;
  5. Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning muhr va shtamplarini yo'q qilish va yangilarini yasatish.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...