service-page-img

Korxona ishtirokchilari tarkibini o'zgartirish

Ta'sischilar tarkibidagi o'zgarishlar, agar ishtirokchilar unga qo'shilsa yoki undan chiqsa kiritiladi. Masalan, MChJda ta'sischilardan biri o'z ulushining bir qismini sotsa yoki hadya qilsa yuz berishi mumkin. Yuridik shaxs ta'sis hujjatlariga o'zgartirish kiritish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tez-tez o'zgartirishlar kiritilib turishini inobatga oladigan bo'lsak, tegishli bilim va tajribaga ega bo'lmasdan jiddiy xato va kamchiliklarga yo'l qo'yish mumkin, bu esa, o'z navbatida, ortiqcha vaqt sarflanishiga va jarimalar solinishiga olib kelishi mumkin.


LegalAct kompaniyasi ta'sischilar takibidagi o'zgarishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish sohasida katta tajribaga ega ekanligi sababli, ta'sischilarning chiqishida ularning ulushini keyingi taqdirini ham hal qilish kerakligi yaxshi anglagan holda, bunday masalalarni osonlikcha hal etadi hamda ulushlarning barcha ta'sischilar o'rtasida to'g'ri taqsimlanishi choralarini ko'radi.


 

Hujjatlarni tayyorlash uchun bizga zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati quyidagilardan iborat:
  1. Ta'sis hujjatlari nusxasi korxonaning butun faoliyati davomida kiritilgan barcha o'zgrtirishlar bilan birga
  2. Ishtirokchilarning, firma direktorining pasport ma'lumotlari;
  3. Davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi Guvohnoma.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...