service-page-img

O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma olish

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mamlakatimizda xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun litsenzion tartib belgilangan. Yuridik shaxs tomonidan xorijiy ishchi kuchini jalb qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 oktyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risida Nizom asosida amalga oshiriladi.

  • Bilib qo'ygan yaxshi: har bitta litsenziya uchun davlat boji miqdori eng kam oylik ishi haqining 10 barobari miqdoriga teng.


 

Xorijiy ishchi kuchini ishga jalb qilishda chet el fuqarosining quyidagi hujjatlari talab etiladi:
  • 6 dona 3*4 rasm;
  • Amaldagi viza va vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzil aks ettirilgan pasport nusxasi;
  • OITS infeksiyasi mavjud emasligi to'g'risida Sertifikat (asli).

Chet ellik xodim O'zbekiston Respublikasi xududida bo'lgan taqdirda quyidagi vizalardan biri mavjud bo'lsagina hujjatlar qabul qilinadi:

  1. “E” turdagi ishchi viza;
  2. “B-1” yoki “B-2” biznes viza;
  3. “S-3” turdagi xizmat vizasi.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...