Web-saytimizda onlayn ariza to'ldiring
Sizda g'oya paydo bo'ldimi?! Siz Toshkent yoki O'zbekistonning har qanday boshqa shahrida o'z biznesingizni ochmoqchimisiz? Kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish qiyin emas, lekin o'z biznesingizni muvaffaqiyatli va dadil olib borish oson ish emas. Ba'zilar, o'z tajribasi va ko'nikmalariga ishonib, u yoki bu maqsadiga ma'lum darajada erishgandek bo'ladi. Ammo o'z biznesini haqiqiy mutaxassislarga topshirish, kelajakdagi imkoniyatlarni ko'ra olish va o'z biznesining keyingi muvaffaqiyatiga ishonch bilan qarash imkonini beradi.
LegalAct ilg'or kompaniyalardan biri hisoblanadi, tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish, korxonaga buxgalteriya va yuridik xizmat ko'rsatish sohasida biz bilan bir qancha yirik kompaniyalar hamkorlik qiladilar. Bizning yordamimiz bilan LegalAct mijozlari foydasiga ko'plab ishlar yutib chiqilgan. Shuningdek, biznesni rivojlantirish bo'yicha mamlakatimiz hududida bo'lganidek uning tashqarisida ham betakror strategiyalar ishlab chiqilgan.
Bularning barchasini Sizning bo'lajak biznesingiz uchun amalga oshirishga tayyormiz.
Web-saytimizda onlayn ariza to'ldiring
Raqamiga qo'ng'iroq qilasiz
+998(71) 252-24-23 yoki +998(90) 966-21-56
Hujjatlar ro'yxati:
- Ta’sischilar va korxona rahbarligiga nomzodning pasport nusxalari;
- Ustav nusxasi barcha o'zgartirishlar bilan birga (agar mavjud bo'lsa);
- Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida Guvohnoma;
- Direktorning pasport nusxasi.
- Vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzili ko'rsatilgan viza ma'lumotlari aks ettirilgan pasport nusxasi.
- O'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan, bunday muassasa mavjud bo'lmagan taqdirda ta'sischi davlat ro'yxatidan o'tgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan, ushbu mamlakatning O'zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida, keyinchalik ushbu davlatning O'zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligidagi konsullik boshqarmasida yoki diplomatik vakolatxonasida tasdiqlanish sharti bilan legallashtirilgan yuridik shaxsning faoliyat turini tasdiqlovchi hujjat (ko'chirmada quyidagi ma'lumotlar aks ettirilishi lozim: yuridik shaxsning to'liq nomlanishi, joylashgan manzili, ushbu yuridik shaxsning nomidan imzo huquqiga ega bo'lgan shaxs to'g'risida ma'lumotlar). Ushbu ko'chirma olingan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi;
- Vakilga ishonchnoma (namunani taqdim etamiz);
- Davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi Guvoxnoma nusxasi;
- Ta'sis hujjatlarining nusxasi.
MChJni ro'yxatga olish ta'sischining yashash manzili bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Shu tarzda yuridik/pochta manzili bo'yicha uy-joy sotib olish yoki ijaraga olish bo'yicha harajatlarni tejash mumkin.
Ustav fondi mol-mulk bilan ham shakllantirilish mumkin, bunda mol-mulk mustaqil baholovchi tomonidan baholanishi majburiy emas.
Ustav fondi pul mablag'lari yoki mol-mulk bilan MChJ davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan e'tiboran 1 yil muddat ichida shakllantiriladi. Ushbu muddat ta'sischilar qarori bilan qisqartirilishi mumkin.
Mikrofirma va kichik korxona O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 50 foiz oshishiga yo'l qo'yiladi (5-modda).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.