service-page-img

Qo'shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etish

Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish qayta ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq eng murakkab protseduralardan biri hisoblanadi. Qayta tashkil etishning har bir turi majburiyatlarning bir yuridik shaxsdan boshqasiga o'tishi va topshirilishiga olib kelishi tufayli, albatta, huquq va majburiyatlarning to'liq topshirilishi uchun tegishli buxgalteriya hisobi / yuridik xizmat yuritilishi kerak. Yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxs bilan qo'shib yuborish shaklida qayta tashkil etishda birinchisi yagona davlat reestriga kiritilgan paytdan e'tiboran qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi.

Kompaniyalar qo'shib yuborilishi deganda, odatda, ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar birlashmasi nazarda tutilib, buning natijasida yangi iqtisodiy birlik shakllantiriladi. Qo'shib yuborish natijasida yuridik shaxslarning barcha aktivlari va majburiyatlari birinchi xo'jalik yurituvchi subyektga o'tkaziladi. Qolgan yuridik shaxslar tugatiladi.

Qo'shib yuborish orqali Sizda nimalar uchun imkon yaratiladi:
  • Faoliyat yuritib kelayotgan tashkiliy tuzilmani qo'lga kiritish orqali allaqachon yo'lga qo'yilgan biznesni boshqarish;
  • Faoliyat ko'lamini kengaytirish orqali sinergiya effektini qo'lga kiritish maqsadida ikki yoki undan ortiq kompaniyalarning ishlab chiqarish quvvatini birlashtirish;
  • Tez fursatlarda pul mablag'lari aylanmasini oshirish.
  • Qo'shib yuborishni to'g'ri amalga oshirish uchun, uni shunchaki bajarish yetarli emas. Eng muhimi yuridik va soliqqa oid nyuanslarni bilish lozim. Buning uchun ko'plab soliq va huquqiy jihatlarni bilish talab etiladi. Qo'shib yuborish jarayonida ishtirok etadigan firmalarning ta'sischilari bilan kelishuv tuzish, shuningdek, ushbu jarayonni bir yoqadan bosh chiqarib, har tomonlama sinchiklab o'rganagan xolda amalga oshirish kerak bo'ladi.

     

    "Qo'shib yuborish shaklida qayta tashkil etish" xizmatiga nimalar kiradi:

    1. Konsultatsiya hamda barcha kerakli hujjatlarni yig'ish va tayyorlash;
    2. Kreditorlarni xabardor qilish;
    3. Soliq inspektsiyasiga o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot taqdim etish;
    4. Ta'sischining notarial tasdiqlangan hujjatlarini va barcha o'zgartirishlar kiritilgan yangi ta'sis hujjatlarini tegishli davlat organida tasdiqlatgan holda davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi guvohnomasini olish;
    5. Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning eski muhr va shtamplarini yo'q qilish va yangilarini yasatish.

    Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

    Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

    Oppppaaaaaa (

    Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...