VALYUTA KURSI: 1 USD = 8039.00 1 EUR = 9347.75 1 RUB = 118.05 1 GBP = 10503.76 1 CNY = 1170.62

LegalAct © - КОНСАЛТИНГОВЫЕ УСЛУГИ


Korxonani qayta tashkil etish

Shubhasiz, qayta tashkil etish muayyan huquq va majburiyatlarning huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining biridan boshqasiga o'tishiga olib keladi. Ayrim hollarda yuridik shaxsning ta'sischilari (ishtirokchilari), agar zarur bo'lsa, kreditorlarni ogohlantirishi lozim bo'ladi, ular esa o'z navbatida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsdan qarzdorliklarning to'lanishini yoki majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini, shuningdek, zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega bo'ladi.

Bilib qo’ygan yaxshi: Qayta tashkil etish faqat ta'sischilarning (ishtirokchilarning) qaroriga binoan yoki yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari bilan bunday vakolat berilgan yuridik shaxs organi qaroriga binoan amalga oshiriladi

Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

Qo'shib yuborish shaklidagi qayta tashkil etish Ajratib chiqarish shaklidagi qayta tashkil etishO'zgartirish shaklidagi qayta tashkil etish

Qayta aloqa