VALYUTA KURSI: 1 USD = 8271.27 1 EUR = 9374.66 1 RUB = 121.79 1 GBP = 10731.15 1 CNY = 72.67

LegalAct © - КОНСАЛТИНГОВЫЕ УСЛУГИ


Moliyaviy xizmat

Hozirgi kunda mamalakatimizda yuzaga kelgan kuchli raqobatchilik davrida har bir korxona kamroq sarf harajat qilib ko'proq daromad olgan holda o'z raqibidan oldin yurishni xohlaydi. Moliyaviy xizmat ham aynan shu maqsadlarda amalga oshiriladi, ya'ni harajatlarni optimallashtirish, rejalashtirish, kompaniyaning byudjetini to'g'ri taqsimlash, soliqlarni optimallashtirish va boshqalar. Bugungi kunda bunday xizmatga yanada talab oshmoqda. Nazariy jihatdan olib qaraganda, biznes g'oyaning muvaffaqiyatini uni rejalashtirish bosqichidayoq aniqlasa bo'ladi, lekin hamma ham buni aniq tahlil qila olmaydi.

Legalact tomonidan moliyaviy xizmat amalga oshirilganda har bitta mijozga kompleks hamda individual yondoshiladi. Biz har qanday kuchli raqibni ham ortda qoldiradigan va biznesingizni old saflarga olib chiqa oladigan strategiya ishlab chiqamiz. Quyida ko'rsatib o'tilgan xizmat turlari

Biznesni rejalashtirish:

Bizning puxta tayyorlangan biznes rejamizga asosan raqiblaringiz orasida birinchilar qatorida bo'ling.

Biz faoliyatingizning bozordagi moliyaviy ahvolini baholab beramiz va tavakkalchilikni hisoblab beramiz. Bunda siz maqsadlaringizni o'zingizga ishonch bilan amalga oshirasiz. Dadil harakatlanishingiz uchun esa korxonangizni ilg'orlar safiga chiqarish maqsadida butun bir individual strategiya ishlab chiqamiz.

TIA ishlab chiqish

Pul mablag'laridan qanday foydalanishini aniq izohlab bera olmagan mijozga hech bir bank kredit ajratmaydi. Shuning uchun ham TIA ishlab chiqish har qanday kompaniya uchun uning bozordagi o'rnidan qat'iy nazar o'ta zarurdir. Ba'zilarning fikricha, biznes reja va TIA (Texnik-iqtisodiy asoslar) - bir xil turdagi o'xshash hujjatlar. Lekin bu yanglish fikrdir. Asosiy farq shundaki, TIAda kompaniyangizning keyingi rejalari aniqroq va chuqurroq aks ettiriladi. Barcha detallarni chuqur o'rganib hamma shartlarni ko'ra oladigan mutaxassislar juda kam uchraydi. Shu sababdan TIA ishlab chiqish uchun bizga murojat qilishingizni tavsiya qilamiz. Bizning yordamimiz bilan biznesingiz aniq asoslantirib berilganligi sababli Sizga kredit ajratilishi kafolatlanadi.

Biznes - reja ishlab chiqishРазработка ТЭО

Qayta aloqa