VALYUTA KURSI: 1 USD = 8226.10 1 EUR = 9470.71 1 RUB = 125.76 1 GBP = 10751.51 1 CNY = 73.09

LegalAct © - КОНСАЛТИНГОВЫЕ УСЛУГИ

Biz haqimizda

GURUHIMIZNING (JAMOAMIZNING) ASOSIY MAQSADI KORXONANGIZ O'Z FAOLIYATIDA IJOBIY NATIJAGA ERISHISHI, MIJOZLARIMIZGA YUQORI SIFATLI XIZMAT KO'RSATISH, BIZGA ISHONCH BILDIRGANLARNING USTUVOR ISTAKLARINI ANIQLAB, ULARNI KUTILGANDAN HAM A'LO DARAJADA BAJARISH

"LegalAct" MChJ Konsalting kompaniyasi qariyb yetti yildirki O'zbekiston Respublikasida soliq qonunchiligi, yuridik xizmat va buxgalteriyani yuritish xizmati sohasida faoliyat ko'rsatib kelmoqda, ta'kidlash lozimki mijozlarimiz safi tobora kengayib, imkoniyatlarimiz kun sayin oshib bormoqda. O'tgan ikki yil mobaynida kompaniyamizning o'sish darajasi 80%tashkil etgan bo'lib, xizmat turlari ko'paydi, bu esa o'z navbatida malakali mutaxassis xodimlarimiz safi kengayishiga olib keldi. .


Biz har qanday faoliyat turini amalga oshirayotgan korxonaning hujjatlarni rasimylashtirish va hujjatlar aylanmasini (ish yurituvini) yo'lga qo'yish bilan bog'liq sohasini tartibga solishga amaliy yordam berish bilan bir qatorda tadbirkorlik subyektlariga - xoh u O'zbekiston Respublikasi vakili bo'lsin xoh xorijiy tadbirkor – biznesida uchraydigan barcha iqtisodiy-huquqiy masalalarini tartibga solishga ko'maklashamiz.

page-2_img01.jpg (21 KB)

Bizning jamoamiz


Kompaniyamizda har bitta xodim tomonidan muntazam ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib borilishiga juda katta e'tibor qaratiladi, bu esa firmamizda ishlab chiqilgan ichki ta'lim siyosatini tatbiq etgan holda, shuningdek, malaka oshirish hamda ixtisoslashtirilgan boshqa muassasalarda ta'lim olish orqali amalga oshiriladi. Aksariyat mutaxassislarimiz soliq organlaridagi, auditorlik, konsalting, baholash va yuridik kompaniyalardagi avvalgi tajribaga, oliy moliyaviy-iqtisodiy yoki huquqiy ma'lumotga, shuningdek, biz ko'rsatadigan xizmat soxasidagi ko'p yillik tajribaga egadirlar.


Kompaniyamiz vakillari ko'plab konferentsiya, seminar, ko'rgazmalarda, shuningdek, huquqiy forumlarda qatnashish orqali mamlakatimizning huquqiy va ishbilarmon hayotida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Nega aynan biz


BIZNYESNI TASHKIL ETISHDAGI TAJRIBA

Har oyda kompaniyamiz O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hamda uning xuzuridagi “Davlat xizmatlari markazlari”da bir necha o'nlab tijorat va notijorat tashkilotlarni tezkor ravishda va hech qanday rad etishlarsiz ro'yxatdan o'tkazadi, bu esa o'z navbatida korxonamizni uzoq muddat davomida O'zbekiston Respublikasida korxonalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish sohasida eng ilg'orlardan biri bo'lib kelishiga zamin yaratib kelmoqda.

DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN YO'LGA QO'YILGAN MUNOSABATLAR

Biz, birinchi navbatda, qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, turli darajadagi hokimlik va davlat tuzilmalari bilan, samarali hamkorlik qilamiz.

BIZNESINGIZNI KEYINGI QO'LLAB-QUVVATLASH

Kompaniyamiz yuristlari har oyda bir necha yuzlab yuridik shaxslarning qayta ro'yxatga olish va qayta tashkil etish ishlarini yuritishda qatnashadilar. Bunday katta tajriba bizga xavflarni minimallashtirish hamda muddatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi.

TO'LIQ KONFIDYENTSIALLIK

Biz mijozimiz tomonidan bizga taqdim etilgan ma'lumotlarning to'liq sir saqlanishini kafolatlaymiz.

Мавжуд ечимлардан
энг осони - биз билан ишлаш

Qayta aloqa