service-page-img

O'zgartirish shaklidagi qayta tashkil etish

Yuridik shaxsni o'zgartirish (qayta tashkil etish) deganda yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklini o'zgartirish tushuniladi. Qayta tashkil etish jarayonida yuridik shaxs yangi tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan yuridik shaxsga barcha huquq va majburiyatlarni o'tkazish orqali o'z faoliyatini tugatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo'lsak, qayta tashkil etishning bu shakli bir vaqtning o'zida ham yuridik shaxsni tugatish shakllaridan biri ham yangi yuridik shaxsni shakllantirish turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish uning ta'sischilarining bir ovozdan qabul qilingan qarori yoki ta'sis hujjatlari bilan vakolat berilgan yuridik shaxs qarori asosida amalga oshiriladi.


 

"Yuridik shaxsni o'zgartirish shaklida qayta tashkil etish" xizmati quyidagilarni o'z ichiga oladi:
  1. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish uchun hujjatlar tayyorlash;
  2. Zarurat bo'lganda, ommaviy axborot vositalarida e'lon joylashtirish;
  3. Kreditorlarni ogohlantirish;
  4. Soliq inspeksiyasiga o'zgarishlar to'g'risida ma'lumot taqdim etish;
  5. Ta'sischining notarial tasdiqlangan hujjatlarini va barcha o'zgartirishlar kiritilgan yangi ta'sis hujjatlarini tegishli davlat organida tasdiqlatgan holda davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi guvohnomasini olish;
  6. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning muhr va shtamplarini yo'q qilish va yangilarini yasatish.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...