Ekspress-registratsiya

Sizda g'oya paydo bo'ldimi?! Siz Toshkent yoki O'zbekistonning har qanday boshqa shahrida o'z biznesingizni ochmoqchimisiz? Kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish qiyin emas, lekin o'z biznesingizni muvaffaqiyatli va dadil olib borish oson ish emas. Ba'zilar, o'z tajribasi va ko'nikmalariga ishonib, u yoki bu maqsadiga ma'lum darajada erishgandek bo'ladi. Ammo o'z biznesini haqiqiy mutaxassislarga topshirish, kelajakdagi imkoniyatlarni ko'ra olish va o'z biznesining keyingi muvaffaqiyatiga ishonch bilan qarash imkonini beradi.

Nega aynan biz?

LegalAct ilg`or kompaniyalardan biri hisoblanadi, tashkilotlarni ro`yxatdan o`tkazish, korxonaga buxgalteriya va yuridik xizmat ko`rsatish sohasida biz bilan bir qancha yirik kompaniyalar hamkorlik qiladilar. Bizning yordamimiz bilan LegalAct mijozlari foydasiga ko`plab ishlar yutib chiqilgan. Shuningdek, biznesni rivojlantirish bo`yicha mamlakatimiz hududida bo`lganidek uning tashqarisida ham betakror strategiyalar ishlab chiqilgan.

Siz uchun nimalarni amalga oshiramiz (bajaramiz)?

  1. O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi hamda mamlakatimizda korxonalarni ro'yxatga qo'yish mexanizmi bilan tanishtiramiz;
  2. O'zbekiston Respublikasi barcha instansiyalarida MChJ, QK, XKlarni hech qanday to'siqlarsiz ro'yhatdan o'tkazamiz;
  3. Biznesingizni to'g'ri soha bo'yicha yo'naltirib beramiz;
  4. Har qanday vaziyatda o'z vaqtida fikr bildirib, uning yechimini taklif qilamiz;
  5. Murakkab masalalarga oson yechimlar taqdim etamiz;
  6. Soliq va moliyaviy masalalarni optimallashtirib beramiz.

Bularning barchasini Sizning bo'lajak biznesingiz uchun amalga oshirishga tayyormiz.

Kompaniyani “pod klyuch” ekspress ro'yxatdan o'tkazish xizmatiga nimalar kiradi:

  1. Soliq to'lovi va biznesni hisob-kitoblari bo'yicha batafsil maslahat;
  2. Korxonani firma nomini tanlash va zahiraga olish;
  3. Kompaniyaning firma uslubi -brendini ishlab chiqish (turli darajadagi himoyasi bilan logotip, konvert, muhr ishlab chiqish);
  4. Ichki hujjatlarni ishlab chiqish;
  5. Soliq inspeksiyasida ro'yxatga qo'yish, soliq to'lovchining tartibini tanlash;
  6. Dastlabki hujjatlarni tayyorlash (xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishda);
  7. Bankda hisob raqam ochish;
  8. Hujjatlarni notarial tasdiqlanishi jarayonida hamrohlik qilish;
  9. Soliq inspeksiyasida (Davalat xizmatlari markazida) Elektron raqamli imzo olishda ko'maklashish;
  10. Bank-klient kalitini olish va undan foydalanishni o'rgatish;
  11. Statistik hisobotlarni yuborish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotni taqdim etish;
  12. Ish beruvchilar va ishchilar o'rtasidagi mehnat munosabatlarini elektron ro'yxatdan o'tkazish;
  13. BHMS 1 bo'yicha hisob siyosatini tuzish;
  14. Xavfsizlik texnikasi bo'yicha yo'riqnoma tuzish;
  15. Xodimlarga ish haqi to'lash bo'yicha Nizom tuzish;
  16. Ijara shartnomasi, qonunchilik talablarini hisobga olgan holda noturar joyni topshirish-qabul qilish Dalolatnomasini tayyorlash.

Kompaniyani “pod klyuch” ekspress ro'yxatdan o'tkazish uchun Siz tarafdan amalga oshiriladigan harakatlar quyidagilardan iborat:

Web-saytimizda onlayn-ariza to'ldiring
Raqamiga qo'ng'iroq qilasiz +998(71) 252-24-23 yoki +998(90) 966-21-56
Hujjatlar ro'yxati:
  1. Ta’sischilar jismoniy shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lgan taqdirda kerak bo'ladigan hujjatlar ro'yxati:
    - Ta’sischilar va korxona rahbarligiga nomzodning pasport nusxalari;
  2. Ta’sischilar O'zbekiston Respublikasi rezident yuridik shaxslari bo'lgan taqdirda:
    - Ustav nusxasi barcha o'zgartirishlar bilan birga (agar mavjud bo'lsa); - Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida Guvohnoma; - Direktorning pasport nusxasi.
  3. Agar ta'sischi chet el fuqarosi bo'lsa:
    - Vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzili ko'rsatilgan viza ma'lumotlari aks ettirilgan pasport nusxasi.
  4. Ta’sischilar tarkibida xorijiy yuridik shaxsi bo'lsa:
    - O'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan, bunday muassasa mavjud bo'lmagan taqdirda ta'sischi davlat ro'yxatidan o'tgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tomonidan, ushbu mamlakatning O'zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida, keyinchalik ushbu davlatning O'zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligidagi konsullik boshqarmasida yoki diplomatik vakolatxonasida tasdiqlanish sharti bilan legallashtirilgan yuridik shaxsning faoliyat turini tasdiqlovchi hujjat (ko'chirmada quyidagi ma'lumotlar aks ettirilishi lozim: yuridik shaxsning to'liq nomlanishi, joylashgan manzili, ushbu yuridik shaxsning nomidan imzo huquqiga ega bo'lgan shaxs to'g'risida ma'lumotlar). Ushbu ko'chirma olingan paytdan boshlab 1 yil muddat ichida haqiqiy hisoblanadi; - Vakilga ishonchnoma (namunani taqdim etamiz); - Davlat ro'yxatidan o'tganligini tasdiqlovchi Guvoxnoma nusxasi; - Ta'sis hujjatlarining nusxasi.

Bilib qo'ygan yaxshi:

  1. MChJni ro'yxatga olish ta'sischining yashash manzili bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Shu tarzda yuridik/pochta manzili bo'yicha uy-joy sotib olish yoki ijaraga olish bo'yicha harajatlarni tejash mumkin.
  2. Ustav fondi mol-mulk bilan ham shakllantirilish mumkin, bunda mol-mulk mustaqil baholovchi tomonidan baholanishi majburiy emas.
  3. Ustav fondi pul mablag'lari yoki mol-mulk bilan MChJ davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan e'tiboran 1 yil muddat ichida shakllantiriladi. Ushbu muddat ta'sischilar qarori bilan qisqartirilishi mumkin.
  4. Mikrofirma va kichik korxona O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 50 foiz oshishiga yo'l qo'yiladi (5-modda).
  5. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...