service-page-img

Yuridik manzilni o'zgartirish

Yuridik manzilning mavjudligi barcha yuridik shaxslar uchun qonunchilik bilan belgilab qo'yilgan muxim talablardan biri hisoblanadi.


 

Uning o'zgarishi bir necha sabablarga yoki xolatlarga ko'ra o'zgarishi mumkin:
  1. Tashkilotning boshqa shahar, tuman yoki ko'chaga zudlik bilan ko'chishi;
  2. Ijara shartnomasining bekor bo'lishi;
  3. Tashkilotning haqiqatda joylashgan manzili bilan yuridik manzilining to'g'ri kelmasligi va boshqalar.
  4. MChJning yuridik manzilini rezidentning yashash joyi bo'yicha ham ro'yxatdan o'tkazish mumkin (agar tashkilotning faoliyati uchun savdo qilish joyi talab qilinmasa). Yashash joyi bo'yicha yuridik manzilni ro'yxatga qo'yish uchun uyning yoki xonadonda yashovchilarning tasdig'i talab qilinadi.

     

    Yuridik manzilni o'zgartirish xizmat turiga nimalar kiradi:

    1. Yuridik manzilni o'zgartirish bilan bog'liq har qanday savollar bo'yicha konsultatsiya;
    2. Davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'lgan ta'sis xujjatlarini tayyorlash;
    3. Hujjatlarning notarial tasdiqlanishi talab etilgan hollarda hujjatlarni notarial tasdiqlanishini ta'minlash hamda notarial idorlarda birgalikda ishtirok etish;
    4. Davlat bojini to'lash;
    5. Tashkilotning yangi muhrini yangi asos (osnastka)da tayyorlash.
    1. Bilib qo'ygan yaxshi:yuridik manzil o'zgartirilganda bank, statistika orgnanlari, soliq inspeksiyasi ogoxlantiriladi hamda Xalq banki bilan to'lovlar to'langanligi bo'yicha taqqoslash Dalolatnomasi tuziladi.

Yuqoridagilarning barchasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, hisobga qo'yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablarini o'z vaqtida bajarilishi va muddatlarning buzilishi uchun sanktsiyalarning oldini olish uchun amalga oshiriladi.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...