Buxgalteriya xizmati

Buxgalteriya – kompaniyamizning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ko'p yillik faoliyatimiz davomida biz nafaqat O'zbekiston Respublikasi balki uning tashqarisidagi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, buning natijasida bebaho tajribaga ega bo'lib kelmoqdamiz. Hozirgi kunda LegalAct buxgalteriya sohasida yuqori malakaga ega bo'lgan mutaxassilarning yaxlit jamoasiga ega bo'lib, xodimlar safini doimiy ravishda kengaytiribgina qolmay, ularning malakasini uzluksiz tarzda oshirishga ham alohida ahamiyat berib kelmoqda.

Biz shunchaki xizmat ko'rsatib qolmaymiz. Biz uchun eng muhimi hamkorlik qilayotgan kompaniya uchun muvaffaqiyatga erishishning eng qisqa va eng maqbul yechimlarni tavsiya qilishdir. Biz bilan hamkorlik qiling va LegalAct bilan ishlashning quyida keltirilgan afzalliklarini o'zingiz his qiling:

Biz bilan hamkorlik qilishning afzalliklari:

  1. Shubhasiz, bu buxgalteriya xizmatini amalga oshirishdagi ko'p yillik tajriba; Zarur ma'lumotga ega bo'lish, sifatli xizmat va tezkorlik; Soliqqa tortish sohasi bo'yicha himoyalanganlik hamda xodimlarimizning o'z vazifalarini bajarishda yuqori mas'uliyatliligi.
  2. Zarur ma'lumotga ega bo'lish, sifatli xizmat va tezkorlik;
  3. Soliqqa tortish sohasi bo'yicha himoyalanganlik hamda xodimlarimizning o'z vazifalarini bajarishda yuqori mas'uliyatliligi.

«Buxgalteriya xizmati» xizmat turiga nimalar kiradi:

  1. Buxgalteriya hujjatlarining yuritilishi, xodimlar bilan ishlash bo'yicha hujjatlarning yuritilishi, soliq va boshqa davlat organlariga tegishli hisobotlarning o'z vaqtida taqdim etilishi;
  2. Bankka oid hujjatlarning yuritilishi;
  3. Hujjatlarning saqlanishini ta'minlash hamda Sizning ruxsatingizsiz ularning mazmuni oshkor etilmasligi;
  4. Soliq inspeksiyalari va boshqa davlat organlari bilan o'zaro munosabatlarda buyurtmachining manfaatlarini himoya qilish.

Sizning arizangiz muvaffaqiyatli yuborildi

Tez orada menejerimiz kerakli ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun siz bilan bog'lanadi.

Oppppaaaaaa (

Nimadir xato ketdi, keyinroq qayta urinib ko‘ring...